'Gaz zapravka' lar narxni oshirdi. Asl vaziyat qanday?

«gaz zapravka» lar narxni oshirdi. asl vaziyat qanday?

16 noyabr kuni energiya tashuvchilarning narxi oshirilgach, respublikaning ayrim hududlarida avtomobillarga metan gaz quyish shoxobchalari - gaz to’ldirish kompressor stansiyalarida xizmatlar narxi keskin o’sdi. Moliya vazirligi tahliliga ko’ra, AGTKSlarda bir kubometr metan gaz narxi o’rtacha 300-400 so’mga oshdi va kuzatilgan eng qimmat baho 2200 so’m bo’lgani aytilmoqda.

Xo’sh, asl vaziyat nimadan iborat?

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi 897-sonli «Yoqilg’i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o’zgartirish to’g’risida» gi qaroriga muvofiq, 16 noyabrdan boshlab avtomobillarga gaz to’ldirish kompressor stansiyalariga (AGTKS) tabiiy gaz tarifi bir kubometr uchun 800 so’m (QQS bilan) miqdorida o’rnatildi. Bundan tashqari, tadbirkor har bir kubometr hisobidan iste’mol solig’i (2018 yil 1 noyabr holatiga ko’ra, 305 so’m), umumiy realizatsiyadan 5 foiz miqdorida to’lovni amalga oshiradi.

Tadbirkor yuqorida ko’rsatilgan to’lovlardan tashqari, xodimlarga maosh, 16 noyabrdan oshirilgan narx bo’yicha elektroenergiya, amortizatsiya xarajatlarini qoplashi, nihoyat, u ham daromad qilishi lozim.

Ushbu maqolani tayyorlash davomida birorta ham avtomobilga gaz quyish shoxobchasi rahbari barcha xarajatlardan tashqari , bir kubometr gazdan qancha foyda qilishini aytmadi.Mayli, birovning cho’ntagini kovlamaylik, shundoq ham hisob chiqib turibdi.

Sotuvdagi bir kubometr gazning tannarxi taxminan 1400 so’mga tushmoqda. KUN.UZ bilan suhbatlashgan shoxobcha rahbarlarining aytishicha, avtomobillarga gaz quyish kompressor stansiyalari orqali 1 oyda 1 million kubometrga yaqin tabiiy gaz sotiladi. 16 noyabrga qadar realizatsiyadagi metan gazning narxi turli joylarda 1700 so’mdan 1900 so’mgacha bo’lgan.Shunday vaziyatda tadbirkor bir kubometr gazdan o’rtacha 400 so’m foyda qiladi, 1 oyda esa 400 million so’m sof foyda.

Tadbirkorlar esa negadir narxni oshirishga qaror qildi? Vaziyat o’zgardimi?

Ha, vijdon faqat «gaz zapravka» dan emas, balki mutasaddi tashkilotlardan ham qochib ketgan ko’rinadi. 16 noyabrgacha 289,74 so’mlik ulgurji narxda sotilgan gazning bir kubometri uchun 500 so’mlik maxsus investitsion ustama haqi ham undirib olingan. Masalan, bir kubometr gaz uchun tadbirkor 789 so’m 74 tiyin to’lagan. Sodda qilib aytganda, 15 noyabr pullangan metan gaz bilan 16 noyabrdagi ulgurji narxning o’rtasidagi farq bor-yo’g’i 11 so’m atrofida, elektroenergiyaning 40 so’m atrofida qimmatlaganini inobatga olinsa, vahimali ish yuz bermadi.

Ochig’ini aytganda, «gaz zapravka» lari talabidan kelib chiqib, resurs hech qachon to’liq yetkazib berilmagan. Shuning uchun, ularga gaz realizatsiyasida limit qo’yiladi. Limitdan ortiq olingan gaz sarfi uchun 2 koeffitsiyentda, ya’ni bir kubometr uchun 289,74x2 = 579 so’m 48 tiyin to’lov belgilangandi. Shunday qilib, limiti tugagan shoxobcha bir kubometr gaz uchun 1079,48 tiyin (500 so’m maxsus investitsion ustama haqi bilan, ammo soliq va xarajatlar inobatga olinmagan) to’laydi.

Biz tadbirkorlar bilan suhbatda bo’lganimizda o’rnatilgan limit 1 oyda taxminan 675 ming kubometr bo’lishi, undan ortig’i uchun 2 koeffitsiyentda to’lov bo’lishi bildirildi. Vaziyatning bu tarafidan voqif bo’lganimizdan so’ng, foyda miqdori ham 335 million so’mga tushib qolishini anglash mumkin.

16 noyabrdan boshlab vaziyat tubdan o’zgardi, ya’ni shoxobchalar uchun realizatsiyadagi bir kubometr gazning narxi 289,74 so’mdan 800 so’mga oshirildi, 500 so’m darajasida belgilangan maxsus investitsion ustama bekor qilindi va tabiiy gazni sotish narxiga kiritilgani ma ‘ lum qilindi.

Chalkashlik hosil qilayotgan bo’g’in aynan shu yerda: ulgurji narx o’rtasidagi farq bor-yo’g’i 11 so’m - bu haqiqat. Ammo, limitdan tashqari sotuv uchun gaz uchun 1600 so’m to’lov belgilandi. Yuqorida limitdan ortiq olingan gaz sarfi uchun 2 koeffitsiyentda hisob-kitob bo’lishi amalda saqlanib qoldi. Limiti tugagan shoxobchada sotuvdagi bir kubometr gazning tannarxi qariyb 2200 so’mga tushmoqda. Shu sharoitda tadbirkor narx siyosatid



ЩЕ ПОЧИТАТИ